Munosiblar ichra munosib

Date:

Keksa otaxon va onaxonlarning hayot yo‘li, ularning katta tajribasi yoshlar uchun eng yaxshi ibrat maktabidir. Ayni shu sababdan ham mahallalarda “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida mahalla yoshlari pir-u badavlat nuroniylarga biriktirilgan.
Sho‘rchi tumanining “Ko‘klam” mahalla raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi guruhi rahbari Fayzulla Hamidov ham mahalla yoshlari bilan ishlaydi. Ularga kerakli tavsiya va o‘gitlarni berishdan charchamaydi. Otaxon “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovning tuman, viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni olib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida faol ishtirok etgan Fayzulla Hamidov “Eng tashabbuskor nuroniy” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun