Termizda 80 turdagi poyabzal ishlab chiqarilmoqda

Date:

Termiz shahridagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi «Dream silk textile» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q. 250 dan ortiq ishchi mehnat qilayotgan fabrikada 80 turdagi poyabzal hamda 30 turdagi trikotaj kiyimlar ishlab chiqarilmoqda.

Poyabzal uchun xom ashyo sifatida asosan Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlaridan keltirilgan toza charmdan foydalaniladi. Poyabzallarning andozasi Turkiyadan kelgan dizaynerlar tomonidan chizib beriladi. Tayyor mahsulot mahalliy bozordan tashqari, Tojikiston davlatiga ham eksportga chiqarilayapti. Fabrika to‘liq quvvat bilan ishlasa, yiliga 950 ming ta poyabzal ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
— Trikotaj mahsulotlardan asosan, Xitoy va Turkiyadan keltirilgan matodan 30 turdagi erkaklar kiyimlari tikayapmiz, — deydi korxona ish boshqaruvchisi Shavkat Tojimurodov. — Mahsulotlarimiz Turkiya hamda Xitoy davlatidan keltirilgan zamonaviy uskunalar yordamida tikiladi. Bundan tashqari, hozirda Denov tumanida ham aynan trikotaj mato ishlab chiqaradigan tekstil’ barpo etishga kirishilgan. Mazkur korxona ishga tushgach, xom ashyoni chetdan olib kirishga ehtiyoj qolmaydi.

Feruza Rahmonqulova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Attestatsiya boshlandi

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida 9-sinf bitiruvchilari uchun jismoniy tarbiya...

“Yosh qutqaruvchi – 2026”: g‘oliblar aniqlandi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda qator hamkor tashkilotlar...

Aholiga qulaylik

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish...

Bolajonlar uchun yangi imkoniyatlar

Sariosiyo tumanida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga...
KunTun
KunTun