1 km 200 metr ichki yo‘llar toshlandi

Date:

Qum tuproq ko‘chalar, ta’mirtalab yo‘llarda yurar ekansiz, ta’bingiz xira tortishi aniq. Qolaversa, har tomonlama rivojlanib borayotgan vohamiz aholisi yo‘llarning nosozligidan aziyat chekmasligi ham kerak. Har bir sohada bo‘lgani kabi yo‘lsozlikda ham yangi va yaxshi tashabbuslar ilgari surilishi, joylarda islohotlar bo‘y ko‘rsatishi kerak.

Maqsud Shayxzodaning “Kichkina Shag‘zoda”si aytganidek, ertalab turdingmi, o‘z sayyorangni supurib-sidirib qo‘y, ya’ni o‘zing istiqomat qilayotgan hududni obodonlashtirish va hududlardagi yo‘llarni ta’mirlash har bir mutasaddi oldidagi asosiy masala demakdir. Buni yaxshi anglagan bandixonliklar tuman obododnchiligi yo‘lida, ichki yo‘llar ta’mirlanishida xizmatga shay turishadi.

Bandixon tumanida barcha sohalar kabi tumanni obodonlashtirish ishlari ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumanning “Polvontosh”, “Qaldirg‘och” mahallalarini ham obodonlashtirish ishlari hozirgi vatda qizg‘in davom etmoqda.

Kuni kecha “Polvontosh”, “Qaldirg‘och” mahallalarini obodonlashtirish ishlari davomida 1 km 200 metr ichki yo‘llarni toshlash ishlari amalga oshirildi.

Mana shunday amalga oshirilayotgan ishlar xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga bevosita xizmat qiladi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun