Turkiyalik islomshunoslar tashrif buyurdi…

Date:

Termiz shahrida17-18-oktyabr kunlari “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizasiyasida tutgan o‘rni” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tishi reja qilinganidan xabaringiz bor. Ushbu nufuzli anjumanda yurtimizdagi taniqli islomshunos olimlar, soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilarimiz bilan birga dunyoning o‘nga yaqin mamlakati, jumladan, Turkiya, Qatar, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan ellikdan ortiq taniqli olim-u ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
Shuningdek, tadbirda qatnashish uchun shu kunga qadar Turkiyaning 16 ta universitetidan 30 dan ortiq islomshunos olimlar viloyatimizga tashrif buyurdi. Bugun mehmonlar Al Hakim at-Termiziy va Imom Termiziy qadamjolarini ziyorat qilishayotir. Aytish joizki, xalqaro anjuman ishtirokchilarining viloyatimizga tashrifi davom etmoqda.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Attestatsiya boshlandi

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida 9-sinf bitiruvchilari uchun jismoniy tarbiya...

“Yosh qutqaruvchi – 2026”: g‘oliblar aniqlandi

Surxondaryo viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda qator hamkor tashkilotlar...

Aholiga qulaylik

Hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish...

Bolajonlar uchun yangi imkoniyatlar

Sariosiyo tumanida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga...
KunTun
KunTun