Rektor yoshlar bilan uchrashdi

Date:

Bandixon tumanidagi madaniyat uyida Termiz davlat universiteti rektori, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduqodir Toshqulovning tumandagi 200 nafardan ortiq bitiruvchi yosh bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida A.Toshqulov tomonidan mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalambor, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani va bu borada katta ishlar qilinayotganini alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, yosh avlod yaratilayotgan imkoniyatlarning qadriga yetishi, hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun bor kuchi va bilimini sarflashi zarurligi qayd etildi.


Uchrashuvda rektor A.Toshqulov tumandagi 43 ta maktablar bilan ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha memorandum imzolanishi hamda ushbu maktablarga Termiz davlat universitetining eng ilg‘or professor o‘qituvchilari kelib, dars o‘tishi to‘g‘risida kelishuvlarga erishilganligini aytib o‘tdi.
Uchrashuv davomida bandixonlik yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga rektor A.Toshqulov tomonidan kerakli javoblarni olishdi. Rektor Abduqodir Toshqulov yoshlarni har jabhada qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, yetuk kadr bo‘lishlariga ishonch bildirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Iqtidor va qiziqish uyg‘unlikda…

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish...

Sherobod yoshlari g‘olib

Yo‘l harakati qoidalarini puxta biladigan, mas'uliyatli va hushyor yoshlarni...

Chempionatdan 7 ta medal

Andijon viloyatida Karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida...

Kaftdek yerdan baraka

Bugungi kunda tomorqa yerlaridan unumli foydalanish nafaqat oilaviy daromadni...
KunTun
KunTun