BIZ_BIRGAMIZ

Date:

Termiz shahridagi 22-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida nutqida, tayanch harakati va eshituvida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanib kelmoqda. Kunlik mashg‘ulotlar ketayotgan bir paytda ajoyib mehmonlar bog‘cha eshigini qoqib qolishdi. Sevimli ertak qahramonlari, ko‘zlarida mehr qalqib turgan opa-akalarining tashrifi bolajonlar uchun bayramga ulanib ketdi. Ha, mehmonlar “Biz birgamiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Volontyorlar festivali” doirasida Yoshlar ishlari agentligi qoshida tashkil etilgan viloyat volontyorlar maktabi volontyorlari edi.

Ajib bayram dasturi, quvnoq kuy-qo‘shiqlar bolajonlar ko‘ngliga hushnudlik ulashdi. Turli ko‘ngilochar loyihalar namoyish etikldi. Qiziqarli shartlarda tarbiyalanuvchilar o‘zlari yod olgan she’r, qo‘shiqlar aytib, raqsga tushdilar. Har bir ishtirok mehmonlarning rag‘bati, kutilmagan sovg‘asisiz bo‘lmadi. Haqiqatan ham bu uchrashuvni bolalar va ularning tarbiyachilari ancha paytgacha unutmasa kerak.

Volontyorlar bolajonlar bilan doimo birga.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoʻllar sifatli va mustahkam

Hududlarda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish va aholi uchun qulay yashash...

Tayyorgarlik sinovdan oʻtdi

Yoz mavsumida o‘rmon yong‘inlarining oldini olish va favqulodda vaziyatlarga...

Maktab yangi o‘quv yiliga shay

Ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...

“Shohcha”liklarning orzusi ushaladi

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratish...
KunTun
KunTun