“Adabiyot – xalqning yuragi”

Date:

Adabiyot — bu shunchalar keng tushunchaki, xalqning aytar so‘zlari, eshitishni istagan jamiiyki durdonalar shu jumlada mujassamdek. Yolg‘izlikda ham, xursandchilikda ham o‘rgangan ko‘ngil adabiyotga murojaat qilaveradi. Mutolaa zavqidan ma’naviyatini, dunyoqarashini kengaytiraveradi. Adabiyot zarurat, adabiyot ehtiyojga aylanib ulgurgan. U xalqning yuragida yashayapti, dardiga malhamdek taskin, yupanch berayapti.
Adabiyot mohiyatini anglatish, mehr-muhabbatni yuqtirish kerak. Munozaralarda, muhokama-yu suhbatlarda uni tanish va anglash mumkin. Majburlab o‘qitsangiz-da, o‘qittirganingiz foyda. Shu sababdan ham Angor tumanidagi Axborot kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Adabiyot – xalqning yuragi” shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ijodkorlar, adabiyotga oshno tutingan insonlarning suhbati, qrashlari, fikrlari yoshlar e’tiborini tortmay qo‘ymadi. Bitta bo‘lsa-da yosh adabiyotga qiziqqan bo‘lsa, qaysidir asar mutolaasini ko‘ngliga tukkan bo‘lsa, demak suhbatdan ko‘zlangan maqsad amalga oshgan bo‘ladi. Tadbir davomida ayni shunday adabiyot kechalari, suhbat va uchrashuvlar tashkil etish kelishib olindi.

H.Baxtiyorova

Oldingi sahifaBIZ_BIRGAMIZ
Keyingi sahifaChinor kovakidagi muzey

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun