Nogironlarni ishga qabul qilgan tashkilotlarga subsidiya beriladi

Date:

Ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillaridan biri bu nogironligi bo‘lgan shaxslardir. Ularni ijtimoiy, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash har doim davlatimiz e’tiborida bo‘lgan. Yana bir mexanizm ishlab chiqildiki, endilikda bunday shaxslar ham boshqalar kabi turli soha va yo‘nalishlarda mehnat qilib, o‘z ehtiyojlarini birovga muhtoj bo‘lmagan holda ta’minlash imkoni kengaydi. Ya’ni ularni ishga olgan tashkilotlarga hukumat qarori bilan (203-son, 20.04.2022 y.) subsidiyalar ajratiladigan bo‘ldi.

Xo‘sh, bu nima degani? Ya’ni agar ish beruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilsa, unga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya beriladigan bo‘ldi.

Subsidiya berish tartibi esa qaror asosida tasdiqlangan nizomda batafsil ko‘rsatib o‘tildi. Nizomga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun BHMning 1,5 baravari (405 ming so‘m) miqdorida subsidiya beriladi.

 Bunda ish beruvchi nogironligi bo‘lgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi. hujjatlar 3 ish kunida o‘rganib chiqilgach, natijalariga ko‘ra subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiya har oy uchun keyingi oyda (6 oy davomida) ish beruvchiga to‘lab beriladi. 

Darvoqe, bu tartib byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga taalluqli emas. Ular bundan mustasnodirlar.

Har oy yakunida esa ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligi monitoring qilib boriladi.

Manbalar asosida Feruza Rahmonqulova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun