Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi

Date:

Ilm yo‘li insonni kamolot cho‘qqisi sari yetaklaydi. Bilim, tajriba, boy dunyoqarash bu yo‘lda eng yaxshi hamrohdir. Cho‘qqiga yetish esa osonmas. Vaqt, izlanish kishini toblaydi. Toblanish uchun yillarni sovurish shart emas. ishonch ila tashlangan ilk qadamoq muvaffaqiyatga boshlashi hech gap emas. Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 1-bosqich talabasi Aziza Qosimova o‘z izlanishlari bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida o‘tkazilgan “Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovda ishtirok etdi.

O‘ziga ishonchi baland, so‘zlari dadil qizning bilim-u harakatlari boshqa davlatlardagi tengdoshlaridan ustun chiqdi shekilli, yozgan ilmiy maqolasi sabab g‘olib bo‘ldi va “Best publication” ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan ko‘krak nishon, sertifikat, guvohnoma va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mardlar maydonda

Milliy kurash — bu nafaqat sport, balki xalqimizning jasorati,...

Xalqaro sahnada milliy ruh

Milliy folklor — xalqning ruhi, tarixi va madaniy xotirasini...

Milliy an’analar tantanasi: eng yaxshilar e’tirof etildi

Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati — milliy madaniyatning jonli...

Saralashda sarasi aniq

Maktabgacha ta’lim tizimi — jamiyat taraqqiyotining ilk va eng...
KunTun
KunTun