Kitobi borning oftobi bor

Date:

Kitob targ‘iboti kirib bormagan xonadon, kitobxonlikka targ‘ib etilmagan fuqaro qolmadi nazarimda. Ammo hamma ham birdek kitob o‘qishga tutindi, deya olmaymiz rosti. Qayerga qaramang telefon, internet, zamonaviy texnika, ming urinmaylik, kitobning o‘rnini egallashga urinib yotibdi. Qo‘liga kitob ko‘tartirib suratga olish yoinki o‘zini kitob o‘qiyotgandek kimgadir yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni tamomila yig‘ishtirmas ekanmiz, biz kitobxon millat bo‘lib qolmaymiz.

Istaymizmi, yo‘qmi, bugungi yoshlarga mashina yoki katta-katta mukofotlar vada qilibgina kitob o‘qishga qaytarib bo‘lmaydi. Kitobni sevish, unga do‘st tutinish, kitobning inja tushunchalarini o‘z hayotida qo‘llay bilish esa asl kitobxonga xos. Haqiqiy kitob, ilm ixlosmandi hech bir ta’mayu muddaolarsiz, evaziga nimadir umid bog’lamasdan kitobdan dur qidiradi. Ana shunday kitobxonlarni tarbiyalay olsakkina, kitobxon millat bo‘lish orzusiga yetishimiz aniq.

Bugun joylarda kitobxonlik bo‘yicha qator tadbirlar, kechalar tashkil etilayotgani esa dilga biroz bo‘lsa-da taskin beradi. Kitobxon millatni sekin-asta shakllantirishga zamin yaratadigan bu kabi sa’y-harakatlar o‘zini oqlashi va hayotga tatbiq etilishi kerak aslida. Bo‘lmasa bor harakat chippakka chiqishi turgan gap.

Kitob insonni komillikka yetaklaydi. Hayot qoidalari yashash san’atini o`rgatadi. Kitob bilim beradi, ilm esa ziyo, nur, ma’naviy quvvat demakdir. Kitob insoniyat ongli hayoti va ma’naviyat olamining bosh timsollaridan sanaladi. U – bepoyon olam: bag‘rikeng, osmoni balanddir. Kitob bilim manbai, insoniyat to`plagan hikmatlar xazinasi, ijtimoiy ong mahsulidir. Kitob mutolaasi inson tafakkurini oshiradi, hayotga teran ko`z bilan qaraydi.

Boysun tumanida ham Kitobsevar millat shiori ostida II Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Boysun tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Ochiq osmon ostida kitob ulashamiz” loyihasi asosida tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun