Bu yilgi “Boysun bahori” xalqaro festivalining mukofot miqdori qancha?

Date:

Bu yilgi “Boysun bahori” xalqaro festivali uchun ayni damda 30 dan ortiq o‘tovlar tikilgan bo‘lib, badiiy jamoalar o‘zlarining chiqishlarini markaziy maydonga o‘rnatilgan uchta sahnada ijro etishadi. Folklor chiqishlar, allayu laparlar, milliy kuy-qo‘shiqlar festivalning bezagi bo‘ladi.

Bir narsani aytib o‘tish joizki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomga asosan, folklor jamoalarning chiqishlari xalqaro hakamlar tomonidan baholab boriladi va yakunda g‘oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga 3 500 AQSh dollari, ikkinchi o‘rin sohiblariga 2 500 AQSh dollari, shuningdek, uchinchi o‘ringa esa 1 500 AQSh dollari berilishi haqida ham “Boysun bahori” folklor festivalini o‘tkazish yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida viloyat hokimi o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev batafsil axborot berib o‘tdi.

E.Elmurodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun