Smart patrul tizimi joriy qilinsa…

Date:

Smart patrul qo‘riqlash tizimi haqida eshitganmisiz? Bu tizim qanday ishlaydi va qanday naf keltiradi? Kritik ekotizimlar bo‘yicha hamkorlik jamg‘armasi (CEPF) tomonidan amalga oshirilayotgan “Turkmaniston va O‘zbekiston qo‘riqxonalari o‘rtasidagi aloqa va salohiyatni yaxshilash” loyihasi doirasida xalqaro ekspert Michiel Hötte ishtirokida Surxondaryo viloyatida joylashgan “Surxon” davlat qo‘riqxonasida SMART patrul qo‘riqlash tizimini tatbiq etish bo‘yicha o‘tkazilgan trening orqali ayni savollarga javob topish mumkin bo‘ldi.


Seminarda smart patrul tizimi yuritish, inspektorlarning kunlik ish faoliyatini baholash, nazorat qilish tartib-tamoyillari qanday olib borilishi yuzasidan ma’lumotlar berildi. “Surxon” davlat qo‘riqxonasi davlat inspektorlariga smart patrul tizimi uchun maxsus ishlangan smartfonlar berildi.
Albatta, ushbu smart patrul tizimi inspektorlar faoliyatidan olingan ma’lumotlarni baholash va tahlil qilish, tekshiruvlar sifatini kuzatish va atrof-muhitni muhofaza qilishning umumiy samaradorligini oshirishga imkon beradi. Shu bilan birga “Surxon” davlat qo‘riqxonasi xodimlarining ish faoliyati samaradorligini oshirishga hamda korrupsion holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun