Yoshlar kasb-hunar o‘rganmoqda

Date:

Farzandingiz maktabda ta’lim-tarbiya olish bilan birga biror kasb-hunar sirlarini o‘rgansa yomonmi? Bu ularning hayotlari davomida o‘z bizneslarini tashkil etishga turtki bo‘lsa, o‘z yo‘lini topishida as qotsa, bu qaror nechog‘lik to‘g‘ri ekani ochiqlanadi. Qolaversa, yoshlar kasb-hunar o‘rganib, foydali ish bilan mashg‘ul bo‘lib, vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ham xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga ikkita xorijiy til va kasbga o‘rgatish tizimini joriy etish yo‘lga qo‘yilgan.
Sho‘rchi tumanidagi 122-sonli maktab-internatining o‘quvchilarini kasbga qiziqtirish, ularni darsdan so‘ng tikuvchilik, to‘quvchilik, duradgorlik, chilangarlik sohasidagi ko‘nikmalarini oshirish maqsadida kasb-hunar to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Mohir kasr-hunar egalari o‘quvchilarga saboq berishmoqda. Shu bilan bir qatorda maktab internatida milliy hunarmandchilik burchagining tashkil qilingani o‘quvchilarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshishiga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun