Yaponiya delegatsiyasi ham Surxondaryoga keladi

Date:

Yaponiyada xizmat safari chog‘ida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya viloyat taqdiriga daxldor kelishuvlarga erishayotgani quvonarli hol, albatta. Mehmondo‘st yaponlarning ham yurtimizga tashrifi bundan-da manfaatli bo‘lishi aniq. Shu maqsadda delegatsiyamiz a’zolari Kanagava prefekturasi gubernatori Yudzi Kuroiva bilan uchrashdi.
Unda Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi hamkorlik keng rivojlanib borayotganligi qayd etildi hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish, fan, taʼlim, gumanitar va madaniy aloqalarni oʻrnatish masalalari muhokama qilindi. Yakunda kelgusi yilda Kanagava prefekturasi delegatsiyasi ham Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 NAFAR FARZANDGA BAYRAM TUHFASI

Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan Termiz shahrida ijtimoiy ko‘makka muhtoj...

Moda yoʻlida dadil qadam

Samarqand viloyati Yoshlar markazida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo...

MEHNAT VA TASHABBUS E’TIROFI

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan el-yurt...

Kampirtepada turizm infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov “Oks Aleksandriyasi” (Kampirtepa) arxeologiya...
KunTun
KunTun