“Sherozi”lik yoshlar uchun

Date:

Tadbirkorlik qilaman deganga har qadamda daromadli rejalar tug‘iladi. Muhimi ishtiyoq bo‘lsa bas. Tadbirkor Jamshid To‘raxonov ana shunday rejalar bilan bosh qotirib o‘tirmadi, sababi mahallasida yoshlarning futbol, voleybol kabi sport turlari bilan shug‘ullanishi uchun stadion yo‘q. yetarli shart-sharoit bo‘lmagandan keyin, bekorchilikdan kishi nimalarga bosh qo‘shmaydi, qandaydir g‘avg‘olarga aralashib qolmaydi deysiz. Tadbirkor munosib yechim sifatida mini-stadion qurishni niyat qildi. Buning uchun Qumqo‘rg‘on tumani “Sherozi” mahallasida munosib yer maydoni ham ajratiladigan bo‘ldi.

Mini-stadion foydalanishga topshirilishida tuman hokimi R.Gapparov hamda yoshlar taqdiriga befarq bo‘lmagan jonkuyat insonlar ishtirok etdi. Ushbu stadion nafaqat mahalla, balki sportga ishtiyoqmand qo‘shni mahalla yoshlari uchun ham katta imkoniyatlar yaratadi. Shu kuning o‘zidayoq mahalla yoshlari uchun futbol bo‘yicha kichik turnir boshlab yuborildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun