Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi takomillashtiriladi

Date:

Termiz davlat universitetining Tarix fakultetida mo‘jazgina muzey borligini talaba-yoshlar yaxshi biladi. Hatto, bir necha bor muzey tomoshasida bo‘lib, yaqin o‘tmishdagi tarix bilan ham yuzlashganlar. Ushbu Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida ayni paytda Chor rossiyasi mustamlakachilik, Sovet hokimiyati hamda Mustaqillik davri kabi bo‘limlar mavjud bo‘lib, 216 ta eksponat bilan boyitilgan.

Ha, muzey Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning erkin va ozod, tinch, to‘kin hayotini ta’minlash orzusida mardona kurash olib borib, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ulug‘ ajdodlarimiz faoliyati haqida hikoya so‘zlagandek bo‘ladi. Biroq, muzeyni yanada takomillashtirish, ko‘proq eksponat va boshqa manbalar bilan boyitib borish lozim.

Termiz davlat universitetida ayni shu masalaga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori B. Hasanov, direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Zikrullayev, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i J. To‘rayev, Termiz davlat universiteti rektori A. Maraximov va boshqalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv ishtirokchilari ana shu masalani atroflicha tahlil qilib, “Yangi O‘zbekiston – uchinchi Renessans poydevori” shiori ostida muzey faoliyatini tarixiylik va davriylik kesimida yanada takomillashtirish, eksponatlarni tubdan yangilash yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirdi. Bu masalaning yechimini topish uchun oliy ta’lim muassasasida malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tashkil etib, uning tezkor va samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga kelishib olindi.

Hilola Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Huquqbuzarliklarning oldini olish — e’tiborda

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan Kakaydi garnizonida joylashgan harbiy qismlardan...

Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy...

Reja ortig‘i bilan bajarildi

Jarqo‘rg‘on tumanida To‘palang suvini aholi xonadonlariga yetkazish bo‘yicha ishlar...

Karta bloklandimi? Sababini bank aytadi

Bank kartasi bloklangan fuqarolar uchun muhim qulaylik yaratildi. Endilikda...
KunTun
KunTun