Sport maktabi o‘z faoliyatini boshladi

Date:

Boshqa sohalar kabi sportga qaratilayotgan e’tibor yoshlarni ruhlantirib, kuch va shijoatini oshirishga xizmat qilayotir. Buni birgina Sariosiyo tumanida qad rostlagan sport maktabi misolida ko‘rish, bilish mumkin.
Bir oz muddat avval Tursunoy Ramazonova Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovga murojaat yo‘llab, 22 ming aholi istiqomat qilayotgan Dashnobod hududida sport maktabiga ehtiyoj borligini aytgan edi. Ushbu murojaat ijobiy yechim topganidan bugun Tursunoy Ramazonovaning quvonchi cheksiz. Ushbu sport maktabida badiiy gimnastika, dzyudo, kurash, stol tennisi, shaxmat-shashka, raqs va ayollar fitnesi sport yo‘nalishlarida yoshlar vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari mumkin.
Yangi va zamonaviy, ko‘plab qulayliklarga ega ushbu sport maktabining tantanali ochilish marosimida tuman mas’ullari, mahalla faollari, sportchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ramziy tasma kesilgandan so‘ng barcha maktabda yaratilgan imkoniyat va qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun