Ekologik muammolarni bartaraf etamiz

Date:

“Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan respublikamiz bo‘ylab “Fuqarolik jamiyati haftaligi” o‘tkazilmoqda. Surxondaryo viloyatida ham haftalik doirasida “Surxondaryo viloyatida ekologik vaziyatni yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda bugungi kunda iqlim o‘zgarishi insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammo ekani jahon hamjamiyati tomonidan tan olingani, iqlim o‘zgarishi inson hayotining barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatayotganligi va uning salbiy oqibatlarining oldini olish hamda yangi hayot sharoitlariga moslashish bo‘yicha kechiktirilmaydigan choralar ko‘rishni talab etilayotganligi e’trof etildi.


Jumladan, O‘zbekistonda 1880-yildan to hozirgi vaqtgacha bo‘lgan davrda o‘rtacha yillik harorat 1,6 daraja (13, 2 dan 14,8 °S gacha) oshgani, bu global miqyosda kuzatilayotgan o‘rtacha sur’atlardan yuqoriligi, mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, 2030-2050-yillarda mintaqada havo harorati yana 1,5-3°Sga ko‘tarilishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi oqibatlari ta’siriga ko‘proq moyil bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirishi aytib o‘tildi. Ekspertlarning baholariga ko‘ra, atmosferada issiqxona gazlari kontsentratsiyasining bundan keyin ham ortishi, qurg‘oqchilik natijasida suv va oziq-ovqat tanqisligi xavfini ko‘payishiga, issiq mavsum davomiyligi va qizg‘inligining oshishi tufayli aholi sonining ortishiga, shuningdek sellar, toshqinlar va boshqa xavfli hodisalarning takrorlanishiga olib kelayotganligi eslatib o‘tildi. Ma’lumki, respublikamiz aholisining uchdan bir qismi tabiiy gidrometeorologik ofatlar qurg‘oqchilik, sel, toshqinlar, qor ko‘chkilari, muzlashlar, chang bo‘ronlari yuz beradigan) hududlarda istiqomat qiladi. Tabiiyki, bu yerlarda yog‘ingarchiliklar ko‘paysa, anomal sovuq yoki anomal issiq harorat kuzatilsa, vaziyat og‘irlashishi mumkin.


O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yangi, ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyalar qabul qilinib, hayotga tadbiq etilmoqda. Shunday ekan, bugungi tadbirda ham taqdimotlar, bildirilgan takliflar orqali iqlim o‘zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari haqida jamoatchilikni xabardorligini oshirish va qarorlar qabul qilish jarayoniga jamoatchilikni jalb qilish orqali iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va moslashish bo‘yicha barqaror siyosatni rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir jarayonida mavzu yuzasidan davra suhbatiga taklif etilgan mutaxassislar tomonidan mavzuga doir taklif va tavsiyalar olindi.

Islom Mengliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Manguzardagi o‘yingoh ta’mirlanadi

Ijtimoiy sohani rivojlantirish doirasida ta’lim muassasalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish,...

“Armiya va xalq – bir tanu bir jon!

Ana shunday ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy...

Qishga tayyorgarlik qizg‘in

Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi...

Kontraktni hokimliklar qoplaydi

O‘zbekiston hukumati qaroriga muvofiq, mahalliy hokimliklar har yili ehtiyojmand...
KunTun
KunTun