“Madaniyat karvoni” yo‘lga chiqdi

Date:

San’at insonga madaniy hordiq beradi. Hayotga, yashashga qiziqishini oshirib, ijobiy hislatlarning kamol topishiga turtki bo‘ladi. Viloyatning eng chekka hududlari, olis qishloqlargacha san’at kirib borishi, qishloq ahli ham estetik zavq olishi kerak. Balki, shu orqali iste’dodlar, yangidan-yangi qirrallar kashf etilar…
Prezidentimizning “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ayni shu yo‘lda dasturil amal bo‘lib xizmat qiladi. Qaror doirasida Surxondaryo viloyat madaniyat boshqarmasi yangi – Milliy madaniyat loyihasini taqdim etdi. Loyiha doirasida ishlab chiqilgan dastur va senariylar asosida teatr, sirk tomoshalari, konsertlar va filmlar san’at ihlosmandlari hukmiga havola etiladi.

Loyiha asosida maxsus jihozlangan transport vositasi yo‘lga chiqdi. U orqali tez kunlarda viloyatimizning eng olis mahallalarigacha kirib boriladi va vohadoshlarimizning maroqli hordiq chiqarishlari uchun madaniy xizmat ko‘rsatiladi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun