Sport qiziqishini oshirib…

Date:

O‘zbekiston deya nomlanuvchi davlat borligini hamma ham bilmas, ammo sport, iqtidorli sportchi yoshlarimizning sa’y-harakatlari, kuch va mahoratlari sabab yurtimiz nomi dunyoga mashhur bo‘lmoqda. Bu, albatta, sportchining kuchi deyish mumkin. Sport turlarini o‘rganishga ishtyoqi va xohishi baland yoshlarimiz esa ko‘plab topiladi. Buni sezgan ota-onalar esa farzandlarining qiziqish va layoqatlarini to‘g‘ri baholab, sport turlariga qatnashiga imkoniyat yaratishsa bo‘lgani.
Oltinsoy tuman sport maktabida ota-onalar va o‘quvchi yoshlar uchun “Ochiq eshiklar” kuni tadbirini o‘tkazishning tub negizida yoshlarni sportga qiziqtirish, ularning qiziqish va ishtiyoqlarini munosib qo‘llab-quvvatlashdir. “Ochiq eshiklar” kuniga tashrif buyurganlar turli to‘garaklarda faoliyat olib borayotgan yosh sportchilar mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishdilar hamda ularning turli musobaqalarda erishgan yutuqlari va medallari bilan bezatilgan ko‘rgazmalarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Hozirgi kunda ushbu sport maktabi tasarrufida 2360 nafar yosh sportchi turli to‘garaklarda mashg‘ulotlar olib bormoqda.
Aytish kerakki, ushbu sport maktabida 18 ta sport turi bo‘yicha to‘garaklar muntazam ishlab turibdi. Natijalar esa quvonarli. 2023-yilda badiiy gimnastika bo‘yicha 8 nafar, yengil atletikadan 1 nafar va boks turidan 4 nafar yosh sportchi xalqaro musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va joriy yilning o‘zida jami 43 ta medalga sazovor bo‘ldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

E’tiroz bo‘lmasa, bitim tasdiqlanadi

2026-yil 1-apreldan boshlab mamlakatimizda ko‘chmas mulk hamda ishlab chiqarilganiga...

Iste’dod mehnatsiz nolga teng

Har bir inson turli qobiliyat va iste’dod bilan dunyoga...

Mutolaa — taraqqiyot kaliti

Jamiyat taraqqiyoti, yoshlarning ma’naviy kamoloti va intellektual salohiyatini yuksaltirishda...

Befarqlikka o‘rin yo‘q

Bugungi kunda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi...
KunTun
KunTun