Yaponiya Oyga qo‘nish modulini uchirdi

Date:

Asrtonomiya sir-u sinoatga to‘la va qiziqarli fan. Borliqni, koinotni to‘la anglash esa ilmiy izlanishlarni talab etadi. Butun dunyoda bu borada e’tiborga molik ishlar, tadqiqotlar olib borilayotir. Yaponiya ham birinchi Oyga qo‘nish moduli – SLIMni uchirib, JAXA ishga uchirish lahzasini jonli efirda namoyish etdi. Xolbuki, ob-havo sharoiti tufayli parvoz bir necha bor kechiktirilgan edi.
Qurilmaning balandligi – 2,4 metr, og‘irligi – 200 kilogramm. Uning maqsadi yuzni aniqlash tizimlarida qo‘llaniladigan texnologiyalar asosida oy kraterlari va yerlarini o‘rganishdan iborat. SLIM maxsus kamera bilan jihozlangan bo‘lib, u yordamida Oy yuzasidagi temir va boshqa elementlar miqdorini o‘lchash mumkin.
Qurilmani yaratishda qo‘llaniladigan texnologiyalar belgilangan joyga qo‘nish va 100 metrdan ortiq xato qilmaslik imkonini beradi. Avvalgi Oyga qo‘nish qurilmalarida bu ko‘rsatkich bir necha kilometrga yetgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun