Magistratura: kimlarga imtiyoz bor?

Date:

Oliy ta’limni davom ettirish uchun yoshlar bakalavrni tamomlab, magistraturaga hujjat topshirgan bo‘lsalar, nartijalar ham e’lon qilindi. Qonunchilikda magistraturaga o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan to‘liq to‘lab berilishi belgilangan. Buning uchun talaba qizlar rektor nomiga 15 sentyabrgacha ariza berishi kerak. Unutmang, ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Shu o‘rinda xotin-qizlarning xususiy OTMlardagi kontrakti ham to‘lab beriladimi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Yo‘q, faqat davlat OTMlarida o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun magistratura bosqichiga kontraktning to‘liq summasi byudjetdan qoplab beriladi.
Erkaklar uchun esa qonunchilikda alohida imtiyozlar belgilanmagan. Ular umumiy imtiyozlar sifatida ta’lim kreditidan foydalanishlari mumkin. Xususan, davlat tomonidan begilangan banklardan 14 foizlik ta’lim krediti olish mumkin. Eslatib o‘tamiz, ta’lim krediti 7 yil muddatga beriladi.
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar kontraktining 50 foizi qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan (16 mln 500 ming) qismi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi. Buning uchun tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limiga ariza berish talab etiladi.
Ha aytgancha, kontraktni ish haqi yoki boshqa daromadlardan to‘laganda soliq imtiyozlari beriladi. Ya’ni ta’lim uchun sarflangan mablag‘lardan soliq olinmaydi. Bu imtiyozdan farzandi shartnoma asosida tahsil oladigan ota-onalar, turmush o‘rtog‘i shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar foydalana oladi. Bunda 26 yoshga to‘lmagan bo‘lishi lozimligi haqidagi talab olib tashlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun