“Lochin” birinchi

Date:

“Ko‘pkurash” sport musobaqalari sportchini tezkorlikka, chaqqonlikka, ilg‘orlikka chorlaydi. Musobaqaning Jarqo‘rg‘on tuman bosqichida ham ishtirokchilardan ayni shu jihatlar talab etildi. Unda Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan professional ta’lim muassasalari o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etib, tezkor savol-javoblarda bilimlarini sinovdan o‘tkazishgan bo‘lishsa, keyingi shartda “AKM” avtomatini qismlarga ajratib, so‘ng yig‘ib ko‘rsatdilar.
Navbatdagi shartlarda esa yoshlar turnik tortinishdi, estafeta yugurish hamda pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha bellashishdi. Musobaqa murosasiz kechdi. Jamoalar g‘oliblik uchun bellashdilar va bor kuch hamda mahoratlarini ishga soldilar. Yakuniy natijalariga ko‘ra Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo Akademik litseyining “Lochin” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun