Diqqat aksiya!

Date:

Kimnidir uy-joy masalasida muammosi bordir, kimnidir meros, yana boshqaarning-da qiynayotgan masalalar hol so‘rsangiz, o‘rtaga tashlanaveradi. Shunchaki, hamma ham o‘z huquq va majburiyatlarini tushunmaydi yoki kimga murojaat qilish lozimligini bilmaydi. Ana shunday holatlarda kerakli huquqiy yordam va maslahatni berish maqsadida huquqshunoslarning o‘zi uyingiz eshigini qoqib, muammoyingizni so‘rab, yordam berishga yo‘l olishgan. Sababi, “Har bir uyga bepul huquqiy maslahat bilan” aksiyasiga start berildi.
Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan aksiya joriy yilning avgust-sentyabr oylarida bo‘lib o‘tadi. Mazkur huquqiy aksiya doirasida, mutaxassislar uyma-uy bepul huquqiy yordam ko‘rsatishadi. Qolaversa, mahalla xodimlari, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va hokim yordamchilarining-da huquqiy bilimlari oshiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun