Noqonuniy holatlarga chek qo‘yilmoqda

Date:

Tushungan odamga bir gapning o‘zi kifoya. Tushunmaydigan, nafsini quli bo‘lganlarga esa… tabiatga zarar keltirib foyda ko‘rishni, cho‘ntagini qappaytirishni istaydiganlarni ana shunday xil odamlar deyish mumkin.
“Bobotog” davlat o‘rmon xo‘jaligining faoliyati viloyat Ekologiya boshqarmasi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotganda “Fayzova” o‘rmon bo‘limining 5-aylanma 6-kvartal o‘rmon fondi yer maydonida, ushbu hududga javobgar o‘rmonchi A.Jonqobilovning e’tiborsizligi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tabiiy holda o‘sgan 830 tup (sakkiz yuz o‘ttiz) tup tojik kovrak o‘simligining shirasi 5-6 marotaba kesib olinganligi aniqlandi.
Natijada o‘simlik dunyosiga 410 million 850 ming so‘m zarar yetkazilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 10 ga yaqin chaylalar buzib tashlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TISU xalqaro reytingda 4 yulduzga sazovor bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida oliy ta’lim sifatini oshirish va ta’lim muassasalarining...

«Mardlar maydoni»: xalqaro kurash turnirida surxonlik polvonlar peshqadam

Termiz shahrida buyuk alloma Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga...

Mo‘g‘ulistondan 400 bosh qo‘y keltirildi

Oltinsoy tumanida chorvachilikni rivojlantirish, naslchilik yo‘nalishini kengaytirish va go‘sht...

189 ballik natija

Termiz davlat universiteti Akademik litseyi o‘quvchilari Jaxongir Boysoatov va...
KunTun
KunTun