Rossiyadan bronza bilan…

Date:

Ishtiyoq va qiziqish bo‘lsa, inson imkoniyatining cheklanganiga ham qarab o‘tirmaydi va intiladi. O‘z oldiga maqsad qo‘yib odimlaydi. Sho‘rchilik 17 yoshli Doniyor ham xuddi shunday yoshlardan biri. U sportning taekvando turi bilan muntazam shug‘ullanib keladi.
Doimiy tashkil etilib kelinayotgan sport musobaqalari esa Doniyor yanglig‘ ko‘plab sport sevar yoshlarni yuzaga chiqarmoqda. Mehnat-u mashaqqatlarini, harakatlarini munosib rag‘batlantirishga xizmat qilmoqda. Doniyor Toshmirzayev Rossiyaning Ufa shahrida o‘tkazilgan xalqaro surdoolimpiadachilar yozgi o‘yini musobaqasida sportning taekvando yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etdi.
Musobaqa davomida bor mahorat va imkoniyatini namoyon eta olgan Doniyor Toshmirzayev 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, bronza medalining sohibiga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun