Ziyoratgohga olib boruvchi yo‘l asfaltlanmoqda…

Date:

Oltinsoy tumanidagi So‘fi Olloyor ziyoratgohiga borgan bo‘lsangiz, yaxshi bilasiz, ushbu maskanga olib boruvchi yo‘l ta’mirtalab. Manzilga yetgunga qadar anchayin vaqt sarflab, uzoq va sabr bilan yurishingizga to‘g‘ri keladi. Aslida yo‘llar hududning iqtisodiy, turistik salohiyatini oshirishini inobatga oladigan bo‘lsak, ziyoratchilarning qadami uzilmaydigan ushbu go‘shani obod manzilga aylantirmoq, yo‘llarini esa asfaltlamoq lozim.
Surxondaryo viloyati hokimi topshirig‘iga asosan Vaxshivorda joylashgan So‘fi Olloyor hazratlari mangu qo‘nim topgan manzil yanada obod bo‘ladigan bo‘ldi. Ayni paytda esa ziyoratgohga olib boruvchi yo‘l asfaltlana boshlandi. Termiz shahrida joylashgan “Everest” MChJ xususiy korxonasi tomonidan 2,8 kilometrlik yo‘l qismi asfaltlanib, transport qatnovlariga qulaylik yaratiladi. Shu maqsadda 12 ta og‘ir yuk mashinasi va 3 ta maxsus texnika jalb etilib, belgilangan ishni jadal bajarishayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

VOHA BO‘YLAB

Boysun tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha o‘quv...

Sun’iy intellekt ta’lim standartlariga moslashtirilsa…

XXI asrda ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib...

CHAG‘ONRUDDAN SURXONDARYOGACHA…

Surxondaryo — O‘zbekiston janubidagi eng muhim daryolardan biri bo‘lib,...

Me’yorni qachon o‘rganamiz? yoxud to‘y va ma’rakalarda ortiqcha dabdabaning oldini olish –islomiy tarbiyaning muhim talabidir

O‘zbek azal-azaldan bolajon xalq. Qarindosh-urug‘i ko‘p. Bu yurtda bo‘ladigan...
KunTun
KunTun