Ko‘pchilikka ibrat bo‘lib…

Date:

O‘quvchilarning iste’dodlarini yuzaga chiqarishda ustoz va murabbiylarining o‘rni katta. O‘quvchi she’r yoki ertak, hikoya yozganida, ustozning e’tiboriga tushgani har qanday o‘quvchini quvontiradi. Ijod namunalarining gazeta va jurnallarda chop etilgani esa har qanday yoshga motivatsiya berib, yanada yaxshi yozishga harakat qilishga undashi aniq. Yosh avlodni ana shunday ruhlantirib kelayotgan ustozlardan biri esa Sherobod tumanidagi 38-umumt’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Otabek Berdiqulovdir. Tinib tinchims ustoz ta’lim sohasida o‘ziga xos burilish yasab, barkamol avlodni kamol toptirishda o‘z xizmatini ayayotgani yo‘q. Nafaqat, yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratgan, balki ularni ijod olamiga olib kirishda, adabiyotga qiziqtirib, iqtidorlarini kashf etishda ham ko‘pchilikka ibrat bo‘lib kelmoqda.
Ustoz O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, “O‘zbekiston ta’lim jurnali tahririyati hamkorligida milliy va xalqaro jurnalistikaning yutuqlarini keng ommalashtirishda xizmat qiluvchi xalqaro tanlovda ham ishtirok etdi. Otabek Berdiqulovning “Zo‘r qalam-XVI” milliy mukofoti uchun milliy xalqaro tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgani ustoz va uning shogirdlari uchun O‘zbekiston Mustaqilligining 32 yilligiga munosib tuhfa bo‘ldi va ustoz “Ta’lim fidokori” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Reabilitatsiya markazida 130 o‘rinli xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan

Surxondaryo viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash...

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...

Teng huquq — teng imkoniyat: ayollar himoyasining yangi mezonlari

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim...
KunTun
KunTun