“Intellektual mulk siyosati va texnologiyalar transferi”

Date:

Ilm yo‘li mashaqqatli yo‘lki, undan hamma ham yura olmaydi. To‘g‘ri, yurar, ammo, hamma ham, har kim ham hurmat, obro‘-e’tibor qozona olmaydi. Telefonning, turli texnika va robotlarning ixtirosi ilm-fanda o‘z vaqti va davrida katta yangilik bo‘lgan bo‘lsa, intellektual mulkni boshqarishning ham shartlari, tartib qoidalari bor.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligida AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan “Intellektual mulk siyosati va texnologiyalar transferi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda yuqoridagi jihatlarga katta e’tibor qaratildi.


Shuningdek, seminarda eng avval ixtirolar va intellektual mulkni boshqarish, amaliy tadqiqotlar bo‘yicha ishchi guruhi a’zosi, Kornell universiteti vakili Richard Cahoon bilan ayni mavzu bo‘yicha savol-javob sessiyasiga navbat berildi. Shundan so‘ng, intellektual mulk huquqlarini “PSRI”dan xususiy sektorga samarali o‘tkazish uchun asos yaratish, texnologiyalar transferi va davlat-xususiy sheriklik kabi masalalarda ham to‘xtalib o‘tildi.
Unda Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dilnoza Alaudinova ham ishtirok etdi hamda faolligi, qimmatli fikr-mulohazalari va takliflari uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun