Ishbilarmon ayollar aniqlandi

Date:

O‘zbek ayoli bugun dunyoning hech bir ayolidan qolishmaydi. U gendertenglik ta’minlangan, huquq va erkinliklari kafolatlangan davlatda yashab, ana shu huquqlaridan to‘la foydalanmoqda. Ha, xotin-qizlarimiz davlat va nodavlat tashkilotlarida turli lavozimlarda mehnat qilish bilan birga oilasi, farzandlari tarbiyasi uchun-da vaqt topadi. Qolaversa, ayollarimiz tadbirkorlik sohasida ham ilg‘or. Ular sohaga ildam qadamlar bilan, ishonch va qat’iyat bilan kirib kelmoqdaki, bu boshlagan ishlariga rivoj va unum berayotir.
O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi “Ayollar qanoti” hamda O‘zLiDeP Termiz tumani Kengashi bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak poydevori” shiori ostida bo‘lib o‘tgan “Ishbilarmon ayol-2023” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida Termiz tumanidagi ishblarmon ayollar ishtirok etdi.
Tuman Madaniyat uyida o‘tkazilgan tanlovda avvaliga ishtirokchilarning faoliyatiga baho berildi. Ya’ni, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi. Qolaversa, hakamlar hay’ati ishbilarmon ayollarning tuman miqyosida hunarmandchilikni rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish borasidagi ishlariga ham alohida ahamiyat qaratishdi.
Natijalarga ko‘ra, “Sever Laylo” MChJ rahbari Dilnoza Boysaitova 1-o‘ringa munosib topildi. G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda O‘zLiDePning esdalik sovg‘alari topshirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun