“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Date:

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla fuqarolar yig‘ini binosida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish maqsadida yangi kutubxona tashkil etildi.

Mazkur ezgu tashabbus Mahalla uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Markaziy bank, Milliy kutubxona hamkorlikda amalga oshirildi.

Yangi kutubxona mingdan ziyod yangi badiiy kitoblar bilan ta’minlanib, kitobxonlar uchun barcha zarur qulay sharoitlar yaratildi.

Ushbu kutubxonaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, Mahallalar uyushmasi raisi hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishda bunday kutubxonalarning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanini ta’kidladilar.

Tadbir ishtirokchilari mazkur tashabbusni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab, yangi kutubxona mahalla yoshlari va barcha kitobxonlar uchun muhim ma’naviy maskanga aylanishiga ishonch bildirdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun