5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

Date:

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi joriy etiladi.

Ushbu tizim o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniq mezonlar asosida xolis baholash hamda ta’lim natijalarini muntazam tahlil qilishga xizmat qiladi. Baholash 100 ballik shkala asosida amalga oshiriladi.

Mezonlarga asoslangan baholash tizimi ilk bor 2023-yilda 500 ta maktabda joriy etilgan edi. Keyingi yillarda uning qamrovi bosqichma-bosqich kengaytirildi.

Yangi o‘quv yilida yana 1 568 ta maktabning qo‘shilishi natijasida tizim respublika bo‘yicha 5 mingdan ortiq maktabni qamrab oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun