XALQIMIZGA MUNOSIB SOVG‘A

Date:

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Boysun tumanida aholi farovonligini oshirish, iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash hamda fuqarolarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Shu munosabat bilan Boysun tumani Ariqusti mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, aholi qatnovi gavjum joyda arzonlashtirilgan go‘sht mahsulotlari savdo shoxobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yangi savdo shoxobchasida aholini sifatli, yangi va hamyonbop go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Mazkur tashabbus aholining kundalik ehtiyojlarini ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini saqlash hamda fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratishga xizmat qiladi.

Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan bunday ezgu tashabbuslar xalqimiz farovonligini oshirish, turmush darajasini yanada yuksaltirish yo‘lidagi muhim amaliy qadamlardandir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun