Kasbiy ta’limda yangi imkoniyatlar

Date:

Bugungi kunda mehnat bozori talablariga mos, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashda xalqaro tajriba va hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu maqsadda Termiz shahar 2-son texnikumida Germaniyaning GIZ tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan “TexVET-II” loyihasi doirasida xorijiy mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Surxondaryo viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i B. Kurbanov, boshqarma mas’ullari, texnikum jamoasi hamda GIZ mutaxassislari Firuza Israilxodjayeva va Christian Hiris ishtirok etdi.

Tashrif davomida texnikumning ta’lim jarayoni, moddiy-texnik bazasi va qurilish, transport, elektrotexnika, payvandlash, axborot texnologiyalari, arxitektura hamda tikuvchilik yo‘nalishlaridagi faoliyati bilan tanishildi.

Muloqotda dual ta’limni rivojlantirish, texnikum va ish beruvchilar hamkorligini kuchaytirish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish hamda ta’lim dasturlarini mehnat bozori talablariga moslashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, qurilish, qishloq xo‘jaligi, transport va temir yo‘l, to‘qimachilik kabi sohalardagi korxonalar bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari belgilandi.

Uchrashuv xalqaro tajribani joriy etish, dual ta’limni takomillashtirish va mehnat bozori uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun