Kadastr xizmatlaridan foydalanish yanada qulaylashdi

Date:

Fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish, ularning vaqtini tejash va zarur masalalar bo‘yicha tezkor amaliy ko‘mak berish bugungi kunda muhim vazifalardan biridir.

Shu maqsadda Termiz shahridagi Davlat xizmatlari markazida “Kadastr maslahat burchagi” o‘z faoliyatini boshladi.

Mazkur burchakda fuqarolar kadastr sohasiga oid masalalar bo‘yicha mutaxassislardan batafsil maslahat va tushuntirishlar olishlari mumkin. Jumladan, ko‘chmas mulk va yerga oid huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, xizmatlardan foydalanish tartibi hamda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

“Kadastr maslahat burchagi”ning tashkil etilishi aholining vaqtini tejash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, kadastr xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda xizmatlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Endilikda Termiz shahri aholisi Davlat xizmatlari markazining o‘zida kadastr masalalari bo‘yicha zarur maslahat va yo‘riqnomalarni olish imkoniyatiga ega.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...

Valyuta xatarlari nazoratga olinadi

O‘zbekistonda valyuta kursi va foiz stavkalari o‘zgarishidan kelib chiqadigan...

Jarqo‘rg‘onda fandomat ishga tushdi

Jarqo‘rg‘onda chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirish va aholining ekologik faolligini...

Velosipeddagi ish kuni

Surxondaryoda rahbarlarning ishga kelib-ketishda velosipeddan foydalanishi orqali sog‘lom turmush...
KunTun
KunTun