Ajdodlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatildi

Date:

Mamlakatimizda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlar xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizni qadrlash, og‘ir sinovli kunlarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, iymoni butun insonlarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish milliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Xalq xotirasida mustahkam o‘rin olgan o‘sha mash’um yillar yodi bugungi tinch va farovon hayot qadrini yanada chuqur anglashga, kelajakka ishonch bilan qarashda, o‘tmishdan to‘g‘ri xulosa chiqarishga da’vat etadi.

9-may — Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda eng ulug‘ va eng aziz bayramlardan biri sifatida keng nishonlanmoqda. Sho‘rchi tumanida ham ushbu sana munosabati bilan Xotira xiyobonida tantanali marosim tashkil etildi. Unda tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, harbiy xizmatchilar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun