Ajdodlar xotirasi yod etildi

Date:

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qumqo‘rg‘on tumanida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori ruhda tashkil etildi. Tuman hokimi Farrux Xoliqov boshchiligida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida “Motamsaro ona” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yilib, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasi yod etildi.

Tadbirda xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayoti fidoyi insonlar jasorati evaziga barpo bo‘lgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik, yurtga sadoqat va tinchlikning qadriga yetish ruhida tarbiyalash har qachongidan ham muhim ekani qayd etildi.

Xotira va qadrlash kuni — o‘tmishga hurmat, bugungi tinchlik va farovon hayotga esa cheksiz shukronalik ramzi sifatida yurtimizda yuksak ehtirom bilan nishonlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun