XOTIRA – YURAKDAGI ABADIY NIDO!

Date:

Xotira bu naqadar ulugʻbu soʻz zamirida olam olam mano yotadi. Xotira soʻzini aytar ekanman yuragimda titroq, qalbimda shukronalik hissi paydo boʻladi.

  Har yilning 9-mayi kelganda yuraklarda ikki xil tuyg‘u uyg‘onadi: biri – sokin og‘riq, ikkinchisi – cheksiz faxr. Bu sana oddiy bayram emas. Bu – insoniyat sabrining, xalq jasoratining va vaqt sinovidan o‘tgan xotiraning timsolidir.

       Xotira va qadrlash kuni — bu kunni shunchaki nishonlab qo‘yish emas, balki uni his qilish, yurakdan o‘tkazish kerak. Chunki tarix quruq so‘zlardan iborat emas, u — ko‘z yoshlar, ayriliqlar, sog‘inch va umidlar bilan yozilgan.

Bir paytlar bu osmon ostida bugungidek tinchlik hukm surmagan. Qorong‘i yillar, dahshatli urushlar, o‘q ovozlari, vayron bo‘lgan taqdirlar… Minglab yoshlar qo‘llariga qurol olib, ortga qaytmas yo‘lga otlangan. Ular orzu qilgan hayot — biz yashayotgan bugundir.

       Ularning ayrimlari frontdan qaytmadi. Ayrimlari esa qaytdi, ammo yuragida urushning og‘ir izlarini olib qaytdi. Ularning sukuti ham gapirardi. Ularning nigohida tarix yashardi. Bugun esa o‘sha nigohlar, o‘sha ovozlar asta-sekin xotiraga aylanmoqda…

        Ammo savol tug‘iladi: biz ularni unutmayapmizmi?

       Xotira — bu faqatgina yodgorliklar emas. U — bu inson qalbida yashaydigan hurmatdir. Har bir qo‘yilgan gul, har bir aytilgan duo, har bir eslangan ism — bu o‘tmishga berilgan eng yuksak bahodir.

Bugun biz tinch ko‘chalarda bemalol yuribmiz, bolalarimiz kulib o‘ynamoqda, osmonimiz musaffo. Ammo bu tinchlik — o‘z-o‘zidan kelgan emas. U — kimlarningdir yoshlikdan voz kechgan hayoti, kimlarningdir qaytmas yo‘llari evaziga qurilgan.

        Xotira va qadrlash kuni bizga bir haqiqatni yana bir bor eslatadi:

tinchlikni qadrlamagan xalq, tarixni unutgan xalq bilan barobar.

         Bugun yonimizda bo‘lgan faxriylar — bu tirik tarix. Ularning har bir so‘zi, har bir xotirasi — bu kitoblardan topib bo‘lmaydigan haqiqatdir. Ularni tinglash, ularga hurmat ko‘rsatish — bu nafaqat burch, balki insoniylik mezonidir.

         Bu kun faqat o‘tganlarni eslash emas, balki bugungi kunni qadrlash kunidir. Chunki bugun — kechagi qurbonliklarning natijasi. Ertangi kun esa — bugungi ongimiz va xotiramizga bog‘liq.

        Shunday ekan, har birimiz o‘zimizdan so‘raylik:

biz xotiraga munosib yashayapmizmi?

        Zero, inson umrining o‘zi o‘tkinchi, ammo xotira abadiydir. Xotira bor ekan — tarix yashaydi. Tarix yashar ekan — millat hech qachon yo‘qolmaydi.

        Men bugungi kun uchun cheksiz shukronalar aytaman.

Go‘zal Normurodova,

talaba

Shahlo Xo‘jaqulova,

Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shunday o‘g‘ling bo‘lsa!

43-Bolqon Matematika Olimpiadasida tarixiy natija qayd etib, oltin medalni...

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ❗️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi...

Zamonaviy talabga puxta yechim

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, xalqaro ahamiyatga...

“Jasorat maktabi” — muhim loyiha

Respublika bo‘ylab yoshlarni vatanparvarlik, sadoqat va harbiy intizom ruhida...
KunTun
KunTun