«Zulfiya» tibbiyot sohasiga ham beriladimi?

Date:

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotini yangi – tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha ham berish taklifini ilgari surdi. Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, bundan buyon tibbiyotda katta yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ushbu mukofot bilan taqdirlanishi mumkin.

Loyiha qabul qilinsa, 1999-yilda ta’sis etilgan farmonga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi va mukofot bilan bog‘liq xarajatlarning moliyalashtirish manbalari belgilanadi. Shu bilan birga, uch oy muddatda tegishli qonunchilik hujjatlariga ham qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan.

Mazkur tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil may oyida Xorazm viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarning mehnatini yanada e’tirof etishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun