O‘rganishda hikmat bor

Date:

Har qanday jamiyatning o‘ziga xos ma’naviy ehtiyojlari bo‘ladi. Ular orasida eng yetakchisi — BILIMga bo‘lgan ehtiyojdir. Inson tarbiyasi o‘zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Ilm, tarbiya va aql birgalikda, bir-birini to‘ldirgan holda teran ma’nolarni mujassam qiladi.
Shu boiski, Muhammad G‘azzoliyning mazkur fikri o‘rinlidir: “Inson biladigan narsalarida ixtiyorli-hurdir. Bilmaydigan narsalarida esa uni boshqarishadi. Ya’ni, insonning bilimi ziyoda bo‘lgani sari hurriyati ziyoda bo‘ladi!”
Bizga berilgan umr o‘lchovli, qiyinchilik-u mashaqqatimiz, osonlik va muvaffaqiyatimiz ham belgilab qo‘yilgan. Vaqt ham bizni kutib turmaydi. Hamma gap bizga bog‘liq bu umrni qanday yashab o‘tishimizda. O‘zimizni qanday tutamiz, qay holatda o‘zligimizni topamiz? Shunga ko‘ra baho olamiz. Nolish, muammolardan qochish, o‘zni aldash hech bir narsaning yechimi emas. Biror ishga kirishganingda qunt va sabr juda muhim. Va tabiiyki, hech bir ish osongina bo‘lmasligini ham unutmaslik kerak. Ilm o‘rganish ham zahmatli jarayon, past-balandliklarga to‘la.
ILM insonni o‘zgartiradi! O‘z ustida ishlash majburiyat bilan emas, mamnuniyat bilan qilinsagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Zero, Lev Tolstoy aytganidek: “Bilim — insonning tafakkuri, sa’y-harakati bilan erishilgandagina bilimdir”.
Inson ilm olishni, isloh qilishni, avvalo, o‘zidan boshlamog‘i lozim. Aslida inson boshqalar beradigan maslahatlardan emas, o‘z tajriba va ko‘nikmalarga asosan harakat qilsagina ko‘zlagan natijalariga erishish mumkin.

Alisher PARDAYEV,
Xalq deputatlari viloyat
Kengashi deputati

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun