SAKning ayollarga nafI tegadi… (mi)?!

Date:

Jamiyat tayanchi, suyanchi va sharafi hisoblangan ayollar nufuzi kun sayin ortmoqda. Negaki, jahon siyosatining bir uchi lider ayollar qo‘lida deyish mumkin. Global masalalarda millionlab insonlar taqdirini hal qilish uchun qarorlar qabul qilishda ham siyosatchi ayollarning roli bugun yaqqol ko‘rinib turibdi.
— Ana shu kabi hayotiy misollar barobarida “Milliy tiklanish” partiyasi ham o‘z dasturidan kelib chiqib, “Deputat ayollar klubi” nomini va faoliyatini chuqur tahlillarga tayanib “Siyosatchi ayollar klubi” deb o‘zgartirgan holda ish boshladi, — deydi O‘zbekisron “Milliy tiklanish” partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muxamedjanova. — Sababi, siyosatchi bo‘lish uchun faqat deputat bo‘lish talab qilinmaydi, balki har bir ayol o‘z dunyoqarashidan kelib chiqqan holda o‘z siyosatiga ega va bu, albatta, hayotiy tajribani talab etadi.
Kuni kecha viloyatimizda ham partiya viloyat Kengashi qoshida “Siyosatchi ayollar klubi” o‘z ishini boshladi. Klub ochilish marosimida ishtirok etgan
30 nafar siyosatchi ayol o‘z taklif va murojaatlarni tahlil qilgan holda fikr almashishdi va Markaziy Kengashga yo‘llash uchun so‘rovnomalar tayyorlandi. Bunda erta turmush, qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh va uning zararli yakunlari, voyaga yetmagan qizlarga nisbatan “og‘iz solish” bilan bog‘liq salbiy illatlarning oldini olish haqida kerakli takliflar o‘rtaga tashlandi.
Klub joylarda olib borilgan o‘rganishlar, uchrashuvlar, yuzma-yuz muloqotlarda saylovchilar tomonidan bildirilgan ayollarga taalluqli murojaatlarni muntazam tahlil qilib boradi va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda faolligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi. “Siyosatchi ayollar klubi”ning kelgusida amalga oshirmoq borasida reja va maqsadlari bir talay, ammo uni hayotda qo‘llay bilish va ayollarimizga foydasi esa undan ham bisyor bo‘ladi.

Dilbar NORMURODOVA,
Xalq deputatlari Termiz shahar kengashi deputati,
Maxbuba RUZIYEVA,
O‘zMTDP Surxondaryo viloyat Kengashi raisining Xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun