Kitoblar — ma’naviyatning buyuk manbai

Date:

Kitob insoniyat tarixida eng ulug‘ kashfiyotlardan biridir. Uning ahamiyati faqat bilim manbai bo‘lishidagina emas, balki inson tafakkurini boyituvchi, qalbini yuksaltiruvchi va ma’naviyatni shakllantiruvchi qudratli vosita ekanligida namoyon bo‘ladi. Ular bizni o‘tmish bilan bog‘lab, kelajakka yo‘l ko‘rsatadi.
Kitob har bir insonning ilm-fan, san’at, falsafa va madaniyat borasidagi bilimini kengaytirish uchun asosiy vositalardan biridir. Har bir sahifasi yangi dunyo va qiziqarli g‘oyalarni o‘zida mujassam etadi. O‘qilgan kitob nafaqat dunyoqarashni kengaytiradi, balki mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Shu sababli, “Kitob — insonni fikrlashga o‘rgatuvchi do‘stdir”.
Kitoblar insonga yaxshi va yomonni farqlashni, hayot mazmunini anglashni va o‘zligini topishni o‘rgatadi. Ayniqsa, badiiy asarlar inson qalbiga yaqin bo‘lgan tuyg‘ularni uyg‘otadi. Lev Tolstoy, Chingiz Aytmatov, Abdulla Qodiriy kabi yozuvchilarning asarlari butun bir avlodning ma’naviy o‘sishiga ulkan hissa qo‘shgan.
Mutolaa madaniyati ham muhim. O‘quvchi kitob tanlashda ehtiyotkor bo‘lishi, vaqtini qimmatli asarlarga bag‘ishlashi kerak. Yosh avlod orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish jamiyatni taraqqiyotga eltuvchi asosiy qadamdir. Bugungi kunda kitob shakli o‘zgardi: elektron kitoblar va audiokitoblar ko‘plab o‘quvchilar uchun qulaylik yaratmoqda. Shunga qaramay, bosma kitoblarning o‘rni va hissi o‘zgacha. Ularni varaqlash va hidini his qilish o‘ziga xos zavq bag‘ishlaydi.
Kitob insoniyatning bebaho boyligi, qalb va ongni tarbiyalovchi eng muhim vositadir. Har bir insonning kitob o‘qishga bo‘lgan e’tibori o‘z hayotini va jamiyatni yaxshiroq qilishga qaratilgan eng katta qadamdir. Shu sababli, kitoblar doimiy hamrohimiz bo‘lib qolishi lozim.

M. XODJAMBERDIYEVA,
Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasi adabiyotlarni saqlash sho‘basi bo‘limi mudirasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun