Mardlar yoshlarga ibrat

Date:

Egnida harbiylik libosini kiyib, zimmasiga vatanni himoya qilishdek, sharafli burchni bajarayotgan harbiylarni ko‘rgan yosh borki, havas bilan boqadi. Ayni ulardek bo‘lishni ko‘ngliga tugadi. Turgan gapki, unday yoshlardan yomonlik chiqmaydi. Maqsadimiz esa ana shunday yoshlarni tarbiyalashdir.
Termiz tumanidagi 18-maktabda tumandagi “Gulbahor” MFYda joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism tomonidan “Mard askarlar yoshlarga namuna” shiori ostida qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Ko‘rgazma davomida yurt himoyachilari tomonidan yoshlarga davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda qo‘llanadigan qurol-aslahalar namoyish etildi. Qiziqarli kechgan namoyishda o‘quvchi-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Tadbir so‘nggida maktab ma’muryati hamda o‘quvchi-yoshlar harbiy xizmatchilarga yurt tinchligini saqlashda hech qachon charchamasligini aytib, o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

O.ISMOILOV,
kapitan

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun