Darvoza va ustun

Date:

— Ha, ota yaxshimisizlar, onam yaxshilarmi? Ota xirillab yo‘taladi, ko‘zoynagini taqadi. — Kechagidan yaxshiman, o‘g‘lim darvoza quraylik, yon chetiyam nurab qolibdi, yiqilib bita yarimtaga shikast yetkazmasin. — Eee, ota darvoza mahkam, to‘g‘rilatib qo‘yaman, yoz kelsin. Bahor, yoz o‘tdi. Kuz keldi. Ota yotib qoldi. O‘g‘il yana ko‘rgani keldi. — O‘g‘lim, darvozani ta’mirlamadikda, mahalladayam eng eski taxta darvoza bizniki qoldi. Ukang pul jo‘nataman degandi, daragi yo‘q. Sen boshlayver, ukang pulini beradi. — Eee, ota darvozaga birov qarab o‘tiribdimi!? Kelasi bahor usta solamiz, uylaringizgacha ta’mirlaymiz. Oradan bir hafta o‘tib, ota dunyodan ko‘z yumdi… Vafoti kuni uka ham Rossiyadan yetib keldi. O‘sha kuni kechga naqshinkor temir darvoza ham topib kelishdi, lekin o‘rnatishga ulgurishmadi. Chunki darvozaning USTUNI yo‘q edi…

B.Asror

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun