YERGA OID HUQUQBUZARLIKLARNI BARTARAF QILISH MEXANIZMLARI TAKOMILLASHTIRILDI

Date:

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 997-sonli Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning asosiy jihatlari va unda quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan, ya’ni (Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsetsual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, Fuqarolik protsetsual kodeksi, Iqtisodiy protsetsual kodeksi, Davlat boji to‘g‘risidagi Qonun) hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan.
Qonunning maqsadi yer uchastkalaridan samarali va maqsadli foydalanishni ta’minlash hamda o‘zboshimchalik bilan yer egallash va noqonuniy imorat qurish holatlarini kamayishiga xizmat qilishdir. Shuningdek, qonun buzilishlariga nisbatan ta’sir choralarining mutanosibligi va yetarliligini ta’minlashga qaratilgan.
Davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkalarini qaytarish va noqonuniy imoratlarni buzish bo‘yicha ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari ham keltirib o‘tilgan. Prokuratura yoki vakolatli davlat organi o‘zboshimchalik bilan egallangan davlat yerlarini qaytarish va qurilmalarni buzish haqida sudga da’vo arizasi kiritish huquqiga ega. Davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzish to‘g‘risidagi da’vo arizasiga ushbu hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Eslatma, ushbu qonun hujjatlari yer uchastkalarini to‘g‘ri boshqarish, noqonuniy harakatlarni bartaraf etish va fuqarolar uchun qonuniylikni ta’minlashga xizmat qiladi. E’tibor qaratish lozimki, yer qonun buzilish holatlari uchun javobgarliklar kuchaytirildi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi, 2-qismi bilan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishda fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari, mansabdor shaxslarga esa yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismi bilan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari, mansabdor shaxslarga esa to‘rt yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Yer nazorati tadbirlari davomida Kadastr agentligi Termiz tuman bo‘lim inspektorlari tomonidan tumanning “Qahramon” mahallasida yashovchi fuqaro tomonidan ushbu mahalla hududidagi ichki yo‘l muhofaza hududiga tegishli bo‘lgan 0.01 gektar yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, 28 metr uzunlikda devor to‘sig‘i qurib olganligi holati aniqlandi. Holat yuzasidan Termiz tuman bo‘limi inspektorlar tomonidan fuqaroning noqonuniy qurib olgan devor to‘sig‘iga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qarori qabul qilingan hamda 15 kun muddatda noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatma ham berildi. Shundan so‘ng, fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurib olgan devor to‘sig‘i o‘z hisobidan bartaraf etilib, yer maydoni o‘z holatiga qaytarilishi ta’minlandi.
Unutmang, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

M.Abdiraxmanov,
Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Loyihalar qog‘ozdan hayotga ko‘chmoqda

Bugun shahrimiz tobora chiroy ochib, yangidan yangi binolar qad...

Ekologik barqarorlikni ta’minlab

Ayni qish faslida ham bahor nafasi ufurib turgan kunlarda...

Ayrim tashkilotlarning ishtiroki cheklandi

Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 13-yanvardagi KQ-V-34-sonli qaroriga asosan...

Ijtimoiy va iqtisodiy holat yaxshilanmoqda

Hududlarda og‘ir ijtimoiy holatga tushgan va tushish xavfi bo‘lgan...
KunTun
KunTun