Yangi yilda qanday ishlaymiz?!

Date:

Oxirlanib borayotgan yilni yakunlab, yangi yil ostonasida turibmiz. Yangi-yangi rejalarni ko‘zlab, o‘z oldimizga katta va buyuk maqsadlarni qo‘yayotirmiz. Bu maqsadlar yurt kelajagi, davlat taqdiri bilan bog‘lansa, yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga ramziy ma’noda har bir yilga nom berilishi va yil davomida ayni nomdan kelib chiqib, qator islohotlar amalga oshirilajak. Demak, yangi yilda ham bizni buyuk va zalvorli ishlar kutmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 18-20-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqlarida, shuningdek, “2025-yil — Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan ijro hokimiyati organlari rahbar kadrlari oldida turgan vazifalarni o‘rganish bo‘yicha Surxondaryoda 4 kunlik o‘quv-amaliy seminari boshlandi.

Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti majlislar zalida mazkur seminarning ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, shuningdek, o‘quv seminariga jalb qilingan oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilar va tajribali mutaxassislar ishtirok etdi.Viloyat rahbari ochilish marosimidagi nutqida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududda mahalliy davlat boshqaruvi va aholi bilan ishlashni samarali tashkil etish uchun talab etiladigan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda ushbu o‘quv-amaliy seminar muhimligini ta’kidladi.To‘rt kun davomida o‘tkaziladigan o‘quv-amaliy seminarda shahar va tumanlar hokimlarining tarmoqlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar ishtirok etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun