Kiyimchalar

Date:

— Olavering, Xudo hohlasa bolangizga kiydirasiz, yap-yangi kiyimchalar.
— Nega? O‘zingizga kerakmasmi?
— Endi kerakmas…
Ayol o‘ziga hayron qarab qolgan, bugun-erta ko‘zi yorishi ko‘rinib turgan ayolga havas, alam, armon bilan qaradi-yu, ko‘zyoshlarini artib, tug‘uruqxona darvozasi tomon yelib ketdi…

Lobar Azizxo‘jayeva

“Mehr”

Kech kuz edi. Havoda qishning izg‘irini kezib yurardi.
– Ona, keling oyog‘ingizni yuvib qo‘yaylik, – dedi aka-uka.
– Obbo, yanami? – so‘radi onasi yuragi uvishib. – Tirnet, degan balo chiqdi, mening tinchim buzildi.
– Kelaqoling endi! – yalinishdi o‘g‘illar. – Shu oxirgisi!
Ona noiloj ko‘ndi, hovliga chiqib, supaga o‘tirdi. O‘g‘illari darrov tog‘oraga kran jo‘mragidan suv to‘ldirib olib kelishdi. Aka-uka bir olib, biri qo‘yib, onaning oyog‘ini “yuvib”, to‘rt-besh martadan suratga tushishdi: eng yaxshisini internetga qo‘yadi. “Fotosessiya” tugagach, ular qilgan ishidan mamnun, xonalariga shoshilishdi. Ona ham garchi sovuq suvda oyog‘i muzlagan bo‘lsa-da, xursand edi:
– Hah, o‘zimni mehribonlarim-a!

Bayram Og‘a

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun