Denovda kitob savdo-yarmarkasi tashkil etildi…

Date:

Kitob – inson ma’naviyati va dunyoqarashini yuksaltiruvchi muhim manba hisoblanadi. Kitob o‘qigan kishi mulohazali, bilimli bo‘lib, yuksak tafakkuri bilan boshqalardan o‘zining dunyoqarashi va keng fikrlashi bilan ajralib turadi. Kitob bilan oshno bo‘lgan bola kelajakda yaxshi inson bo‘lib ulg‘ayadi. Shuning uchun ham oilada, bog‘cha va maktablarda bolalarning kitobga mehrini, adabiyotga qiziqishini oshirishda ota-onalarning, o‘qituvchilarning ahamiyati katta.
Bundan tashqari, ko‘p kitob o‘qigan kishining bilim saviyasi yuqori, muomala madaniyati yuksak, yetuk inson sifatida hayotda o‘z o‘rnini topa oladi. Aytish joizki, bugungi kunda katta-yu kichikning kitobga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish maqsadida maktab bog‘chalarda kitob javonlari hamda kutubxonalari tashkil etilib, kitobxonlik tadbirlari o‘tkazilib kelinayotir. Jumladan, Denov tumanidagi Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda “Har bir askarga bitta kitob” shiori ostida kitob savdo-yarmarkasi o‘tkazildi.
Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda harbiy hizmatchilar yangi nashrdan chiqqan milliy va jahon mumtoz adabiyoti namunalari, zamondosh ijodkorlar asarlari, ilmiy-ommabop, bolalar kitoblari bilan tanishish va xarid qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

D.Mahmudova

Oldingi sahifaKiyimchalar
Keyingi sahifaEndi o‘zimizda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun