Ikkinchi jahon urushi: asirlik qismati

Date:

Ikkinchi jahon urushi insoniyat o‘tmishining eng mudhish sahifalaridan biridir. 2 194 kun davom etgan bu urush insoniyat boshiga mislsiz kulfatlar keltirdi. Unda bir milliard yetti yuz million” aholiga ega bo‘lgan (yer yuzi aholisining 80%) 62 ta davlat ishtirok etdi.
Fashistlar, ayniqsa Markaziy xalqlariga o‘ta past nazar bilan qaragan. 1941-yilda Smolensk ostonasida bo‘lgan janglarda asir tushgan 101 nafar o‘zbek askari haqida XX asr oxirida, golland jurnalisti Feliks Reyding tomonidan e’lon qilingan maqola ko‘pchillikning e’tiborini tortdi. Nemislar ularni “Chala insonlar” deb atab, natsizm g‘oyalarini targ‘ib qilishda foydalanmoqchi bo‘lgan. Nemis tasvirchilari guruhi bir necha kun ovqat iste’mol qilmagan millatdoshlarimizning bir-birilari bilan non uchun o‘zaro tortishuvlarini suratga olmoqchi bo‘ladi. Natsistlar asirlar oldiga bir bo‘lak nonni uloqtirishadi. Biroq ularning hafsalasi pir bo‘ladi, ya’ni bizning g‘ururli vatandoshlarimiz non uchun tortishishni o‘zlariga ep bilmaganliklari sabab uni teng bo‘laklarga bo‘lib iste’mol qilishadi. O‘zbek asirlari eng og‘ir vaziyatlarda ham insoniylikning yuksak namunasini ko’rsatib, yevropaliklarning hurmatiga sazovor bo‘lishgan.
Millionlab insonlarning umriga zomin bo’lgan ikkinchi jahon urushida shaharlardagi madaniyat yodgorliklari vayron qilindi, insoniyatga shavqatsizlik va zo‘ravonlik mafkurasi singdirildi va bu tabiiyki, keyingi avlodlarga ham ta’sir etmasdan qolmadi. Ammo urushda asirlik masalasi alohida o‘rin tutadi. Asirlik nafaqat jismoniy qiyinchiliklar, haqsizlik va ommaviy o‘lim ayni paytda og‘ir pisixologik va axloqiy inqiroz hamdir. Asirlikdan qochishga uringan 1 million nafar sovet harbiysi fashistlar tomonidan otib o‘ldirildi, 200 ming nafari Qizil armiya safiga kelib qo‘shildi. 1945-yilning yozigacha asir tushgan sovet harbiylaridan faqat 1 million 863 ming nafari tirik qolgan. Biroq ularning bir qismi sotqinlikda ayblanib, lager va qamoqxonalarga jo‘natilgan. Ular orasida 35 ming nafar o‘zbekistonlik ham bor edi.
Termiz davlat universitetida rus tilshunoslik kafedrasi tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda harbiylar va tabiiy fanlar fakulteti professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.

M.Nazarova,
TerDu o‘qituvchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Alplar kurashdi

Termiz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza...

Yashash uchun…

Albatta, yashash uchun sabablarimiz koʻp. Faqat oʻz oldimizga aniq...

Onlayn muloqot o‘tkazildi

Yoshlar ish izlab yoki oʻqish maqsadida xorijga ketishga qaror...

Afv etilganlar oilasi bag‘rida

Inson xato qilsa, buni tushunib yetishi uchun vaqt kerak...
KunTun
KunTun