Muammoga taklif bor, ammo…

Date:

Biz suvdan istaganimizcha foydalanayotgan bir paytda dunyo aholisining chorak qismida istiqomat qiluvchi davlatlarda har yili suv tanqisligi kuzatiladi. Bahrayn, Kipr, Quvayt, Livan va Ummon kabi davlatlar bundan eng ko‘p jabrlangan beshlikka kiradi. Afsuski, qisqa muddatli qurg‘oqchilik sabab bu davlatlar hayotiy resurssiz qolib ketish xavfi ostida.
Ayni davrda oldingidan ko‘ra suvga bo‘lgan ehtiyoj hozirda ikki baravar oshgan. Albatta, bunga aholi sonining ortishi, qishloq xo‘jaligi va sanoatning rivojlanishi katta ta’sir ko‘rsatdi. Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bu muhim resursning tanqisligiga birinchi bo‘lib duch kelayotgan bo‘lsa, bu esa oxir-oqibat nizolarga olib kelishi hamda sanoatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi turgan gap.
Ortib borayotgan talab va va tez iqlim o‘zgarishi esa Hindiston va Xitoy yalpi ichki mahsulotining pasayishiga ham olib kelishi mumkin. Suvning kamayishi sababli global oziq-ovqat xavfsizligi ham tahdid ostida. Hozirda dunyoda sug‘oriladigan maydonlarning 60 foizi qurib borayotir. Ushbu muammoga mutaxassislar bir qator yechimlarni taklif qilishadi. Ushbu takliflar orasida suv-botqoq va o‘rmonlarni saqlash, fermerlar tomonidan sug‘orishning yanada samarali usullarini joriy etish hamda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish kabilarni kiritish mumkin.
Singapur va Amerikaning Las-Vegas shaharlari allaqachon suv tanqisligi sharoitida ham gullab-yashnash mumkinligini isbotlashga muvaffaq bo‘lishgan. Bunga oqova suvlarni tozalash va qayta ishlatish orqali erishildi. Biroq, hamma mamlakatlar ham bunday qilolmaydi. Inqirozga shaharlarning tez rivojlanishi va suvni yomon boshqarish sabab bo‘layotgani sir emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xalqaro kuzatuvchilar gazeta tahririyatida

Sanoqli kunlardan so‘ng, yurtimizda muhim siyosiy jarayonlar boshlanadi. Tayyorgarlik,...

Faqat Ko‘hitangda bor…

Ko‘hitang tog‘ tizmasi hududi O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasining...

Sho‘rchida xrizantema yetishtirilmoqda

Bayram yoki tug‘ilgan kunimizda gul sovg‘a qilishsa, bahri dilimiz...

“Qo‘qon–Termiz–Qo‘qon” yo‘nalishi bo‘yicha…

Qaysidir viloyat yoki davlatga borishimizga to‘g‘ri kelsa, manzilga eng...
KunTun
KunTun